ANDIJON TUMANIDA MAS’UL XODIMLAR UCHUN MAXSUS O‘QUV KURSLARI TASHKIL ETILMOQDA
2026-11-18 13:00:00 / Yangiliklar

ANDIJON TUMANIDA MAS’UL XODIMLAR UCHUN MAXSUS O‘QUV KURSLARI TASHKIL ETILMOQDA
🔆 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil
21-sentabrdagi PQ-345-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-sentabrdagi 518-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon tumanidagi tashkilot va muassasalarda buyruq asosida belgilangan mas’ul xodimlar uchun to‘rt kunlik maxsus o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.
🔆 O‘quv mashg‘ulotlari tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, xavfsiz hamda o‘zaro hurmatga asoslangan mehnat muhitini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, noyabr–dekabr oylarida bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.
🔆 Mazkur kurslar davomida mas’ul xodimlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, qonunchilik talablarini amaliyotga tatbiq etish hamda profilaktik ishlar samaradorligini kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 Web









