Andijonda davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligi keng nishonlandi
2026-11-18 10:00:00 / Yangiliklar

Andijonda davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligi keng nishonlandi
Andijon viloyatida 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan viloyat miqyosidagi markaziy tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda viloyatimizning faol yoshlari, harbiy-ma’muriy sektor vakillari, mas’ul tashkilot va idoralar xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Davlat bayrog‘imizning xalqimiz hayotidagi o‘rni, mustaqilligimiz, milliy g‘ururimiz va birdamligimiz ramzi sifatidagi yuksak ahamiyati alohida e’tirof etildi.
Ushbu tantanali tadbir yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va davlat ramzlariga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Davlat bayrog‘imiz — xalqimizning g‘ururi, mustaqilligimiz va porloq kelajagimiz timsoli!
Bizning sahifalarimiz:
🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 Web









