ANDIJON TUMANIDA BITIRUVCHI YOSHLARNI OLIY TA’LIM, XORIJIY TILLAR VA KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI
2026-11-17 17:00:00 / Yangiliklar

ANDIJON TUMANIDA BITIRUVCHI YOSHLARNI OLIY TA’LIM, XORIJIY TILLAR VA KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI
🗣 Andijon tumanidagi 54-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bitiruvchi sinf o‘quvchilarini oliy ta’lim bilan bir qatorda xorijiy tillar va kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
🇺🇿 Unda tuman hokimi Boburjon Yuldashev, tumandagi barcha umumta’lim maktablari direktorlari hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
✍️ Seminar davomida o‘quvchi yoshlarning xorijiy tillarni puxta o‘rganishi, o‘z qiziqish va salohiyatidan kelib chiqib kasb-hunar egallashi hamda kelajakda munosib o‘rin topishi borasida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
54-maktab tajribasi raqamlarda:
📊 Maktabning 88 nafar bitiruvchi o‘quvchisi bo‘yicha shakllantirilgan tahliliy ma’lumotlar asosida ularning kelgusidagi ta’lim va kasbiy rejalari ko‘rib chiqildi.
🌐 Xorijiy tillarni o‘qitish, o‘quvchilarning til bilish darajasini oshirish va kasbiy imkoniyatlaridan foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar taqdim etildi.
💼 Shuningdek, bitiruvchilarni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish, ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va kelgusida bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📁 Tadbir davomida maktab tajribasi atroflicha o‘rganilib, xorijiy til o‘qituvchilari bilan suhbatlashildi. Ularning, taklif va tashabbuslar ham tinglandi.









