Xalqaro kompaniyalarda karyera qilish uchun yangi imkoniyatlar!
2026-11-16 13:30:00 / Yangiliklar

🌍 Xalqaro kompaniyalarda karyera qilish uchun yangi imkoniyatlar!
🇺🇿 O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro kompaniyalar sonining ortishi IT, BPO va xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi ish o‘rinlarini yaratmoqda.
🌎 IT Park Uzbekistan ish beruvchilar va mutaxassislar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish maqsadida yagona nomzodlar bazasini shakllantirmoqda. Undagi rezyumelar mos vakansiyalar paydo bo‘lganda yirik mahalliy va xalqaro kompaniyalar, jumladan IT Park rezidentlariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilishi mumkin.
🍏 Kompaniyalar dasturchilar va QA-muhandislar bilan bir qatorda, marketing, savdo, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, moliya, BPO va boshqa yo‘nalishlardagi mutaxassislarni ham izlamoqda. Xorijiy tillarni bilish esa xalqaro jamoalarda ishlash uchun qo‘shimcha ustunlik beradi.
📩 Rezyumeni @talent_park_bot orqali yuborish mumkin.
📲 Dolzarb vakansiyalar: @talentparkuz
❗️ Ro‘yxatdan o‘tish ishga joylashishni kafolatlamaydi, ammo yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
👉 Batafsil: it-park.uz
Bizning sahifalarimiz:
🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 Web
