TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
2026-11-16 14:30:00 / Yangiliklar

TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
⏺Bugun Xalq deputatlari Andijon tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
⏺Sessiyada Kengash raisi, tuman hokimi, tuman prokurori, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda xalq deputatlari ishtirok etdi.
⏺Sessiya kun tartibidan tumandagi kriminogen vaziyatni yaxshilash, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” ijrosi, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, shuningdek, Sanoat mahallasidagi ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash masalalari o‘rin oldi.
⏺Muhokamalar davomida mas’ul rahbarlarning tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha axborot va hisobotlari tinglandi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
⏺Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar tumanda qonuniylik va jamoat xavfsizligini mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hamda aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 Web









