Bugun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Duyshonqul Chotonov bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
2026-11-05 12:45:00 / Yangiliklar

Bugun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Duyshonqul Chotonov bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Samimiy ruhda kechgan muloqotda ikki davlat rahbarlari tomonidan ilgari surilgan strategik sheriklik, yaxshi qo‘shnichilik va do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida Andijon viloyati va Qirg‘iziston Respublikasining chegaradosh hududlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar hamkorlik ko‘lamini kengaytirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Muloqotda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yangi qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli tizimli mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar yakunida sheriklik aloqalarini izchil davom ettirish, transport-logistika imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda ikki qardosh xalq farovonligi yo‘lidagi qo‘shma tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 Web







