ANDIJON TUMANIDA “TURMUSH” PROFILAKTIK TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
2026-10-19 12:30:00 / Yangiliklar

ANDIJON TUMANIDA “TURMUSH” PROFILAKTIK TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Andijon tumani hududida
oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, shuningdek, bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida keng qamrovli “Turmush” profilaktik tadbirlari olib borilmoqda.
Tadbirlar doirasida mol-mulk, yer-joy va boshqa masalalar yuzasidan sudlarda nizolashayotgan oilalar,
oila-turmush munosabatlari doirasida ma’muriy yoki jinoiy huquqbuzarlik sodir etib, IIB profilaktik hisobiga olingan shaxslar bilan tegishli profilaktik ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, ajrim yoqasida turgan nizoli oilalar, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan shaxslar bilan ishlash, oilalardagi muammolarni bartaraf etish hamda sog‘lom muhitni tiklashga alohida e’tibor qaratilmoqda.





