Andijonda “Prezident olimpiadasi” respublika bosqichiga yo‘llanma olgan sportchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-10-25 11:25:00 / Yangiliklar

Andijonda “Prezident olimpiadasi” respublika bosqichiga yo‘llanma olgan sportchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Andijon viloyatida “Prezident olimpiadasi” respublika bosqichiga yo‘llanma olgan sportchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Akmaljon To‘lanov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yosh sportchilar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning sportdagi yutuqlari, kelgusidagi maqsadlari va musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni haqida fikr almashildi. Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘stmatov ham sportchilar bilan suhbatlashib, o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi hamda ularni izchil mashg‘ulot olib borish, qat’iyatli bo‘lish va yuksak marralar sari intilishga chorladi.
Muloqotda sportchilar o‘z fikr va takliflarini bildirib, musobaqalarda munosib ishtirok etish hamda yuqori natijalarga erishish borasidagi maqsadlarini bayon etdilar.
“Prezident olimpiadasi” respublika bosqichi yosh sportchilar uchun o‘z iqtidor va mahoratini namoyon etish, tajriba orttirish hamda yurtimiz sporti rivojiga munosib hissa qo‘shish yo‘lidagi muhim musobaqalardan biridir.
Uchrashuv yakunida sportchilarga respublika bosqichida omad tilanib, Andijon viloyati sharafini munosib himoya qilish, yuqori natijalarga erishish va O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishlariga ishonch bildirildi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 Web









