📢 DIQQAT, E’LON! “BO‘LAJAK KITOBXON” LOYIHASI DOIRASIDA SEMINAR VA TAQDIMOT O‘TKAZILADI
2026-10-23 10:50:00 / Yangiliklar

📢 DIQQAT, E’LON!
“BO‘LAJAK KITOBXON” LOYIHASI DOIRASIDA SEMINAR VA TAQDIMOT O‘TKAZILADI
📚 Ertaga, 24-oktabr kuni soat 09:00 da Andijon shahridagi Toshkent xalqaro universitetida Andijon tumani hokimi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Bo‘lajak kitobxon” loyihasi doirasida seminar hamda yangi platforma va dasturlar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
🎓 Ayni paytda 10 mingdan ortiq kitobxonni birlashtirgan mazkur loyiha doirasidagi tadbirda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, zamonaviy platformalar va yangi dasturlar imkoniyatlari bilan tanishish ko‘zda tutilgan.
📍 Manzil: Toshkent xalqaro universiteti (sobiq “Navro‘z” o‘yingohi, “O‘zbegim Mall” yonida).
✔️ Barcha kitobsevarlar va kitobxonlikka qiziquvchilarni tadbirda ishtirok etishga taklif etamiz!
Bizning sahifalarimiz:
🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 Web
