Kitobxonlikni rivojlantirish yo‘lidagi tashabbus kengaymoqda!
2026-10-24 14:40:00 / Yangiliklar

Kitobxonlikni rivojlantirish yo‘lidagi tashabbus kengaymoqda!
✔️ Andijon shahridagi Toshkent xalqaro universitetida “Bo’lajak kitobxon” loyihasi doirasida seminar va yangi platformalar taqdimoti bo'lib o'tdi.
✔️ Tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yangi platformalar imkoniyatlari bilan tanishish hamda yosh kitobxonlar bilan muloqot qilindi.
✔️ Shuningdek, mazkur tashabbus respublikada ilk bor aynan Andijon tumanida yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlab, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar uchun tuman hokimiga minnatdorlik bildirdi hamda hamkorlikni doimiy davom ettirishga tayyorligini qayd etdi.
✔️ Tadbir davomida loyiha koordinatori Asilbek Qosimov so‘zga chiqib, “Bo‘lajak kitobxon” loyihasi doirasida joriy etilgan yangi platformalar, ularning imkoniyatlari va ulardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi.
✔️ Shuningdek, mazkur platformalar yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik jarayonini yanada qulay tashkil etish hamda o‘quvchilarning bilim va salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 Web









