BITIRUVCHILAR BILAN OCHIQ VA SAMIMIY MULOQOT
2026-09-02 12:40:00 / Yangiliklar

BITIRUVCHILAR BILAN OCHIQ VA SAMIMIY MULOQOT
🔆 Yangi o‘quv yilining ilk kuni Andijon tumanidagi 33-umumta’lim maktabining 11-sinf bitiruvchilari uchun o‘ziga xos hayajon va katta maqsadlar bilan boshlandi.
🔆 Andijon tumani hokimi Boburjon Yuldashev bitiruvchi yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot qildi.
🔆 Suhbat davomida o‘quvchilarning kelajakdagi rejalari, qiziqishlari va tanlamoqchi bo‘lgan kasblari haqida fikr almashildi.
🔆 “Bugungi bilim — ertangi muvaffaqiyatning poydevori” ekanligi ta’kidlanib, bitiruvchilarga oliy ta’limga puxta tayyorgarlik ko‘rish, aniq maqsad bilan harakat qilish va o‘z kelajagini o‘z qo‘llari bilan bunyod etishlari zarurligi qayd etildi.






