YANGI O‘QUV YILI — YANGI ORZULAR VA KATTA MAQSADLAR BILAN!
2026-09-02 11:35:00 / Yangiliklar

YANGI O‘QUV YILI — YANGI ORZULAR VA KATTA MAQSADLAR BILAN!
Maktab hovlisida jaranglagan ilk qo‘ng‘iroq — minglab orzularning boshlanishi. Bugun Andijon tumanidagi barcha maktablarda ham yangi o‘quv yilining ilk kuni o‘zgacha hayajon va ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.
Tumanning “Sanoat” mahallasida joylashgan 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yiliga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda Andijon tumani hokimi Boburjon Yuldashev ishtirok etib, o‘quvchilar, ustozlar va
ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi.
Hokim o‘z tabrigida yosh avlodning puxta bilim olishi, zamonaviy kasblarni egallashi va kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi muhimligini ta’kidladi hamda barcha o‘quvchilarga omad va ulkan zafarlar tiladi.








