ISTANBULDA UNUTILMAS LAHZALAR DAVOM ETMOQDA!
2026-08-28 10:15:00 / Yangiliklar

ISTANBULDA UNUTILMAS LAHZALAR DAVOM ETMOQDA!
🔆 Xabar berib borayotganimizdek, Andijon tumani hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bo‘lajak kitobxon” loyihasi g‘oliblari uchun Turkiyaga sayohat davom etmoqda.
📌 Navbatdagi manzil — betakror Istanbul shahri. Yosh kitobxonlar shaharning tarixiy va diqqatga sazovor maskanlarini ziyorat qilib, uning boy tarixi, qadimiy obidalari va betakror me’morchiligi bilan yaqindan tanishdilar.
🧳 Sayohatning eng yorqin lahzalaridan biri esa Bosfor bo‘ylab kemada sayr bo‘ldi. Yevropa va Osiyoni tutashtirib turuvchi bo‘g‘oz uzra sayohat davomida Bo’lajak kitobxonlar Istanbulning go‘zal manzaralaridan bahramand bo‘lib, unutilmas taassurotlar oldilar.
📚 Kitobdan boshlangan sayohat unutilmas xotiralarga aylanmoqda!





