PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
2026-08-20 15:50:00 / Yangiliklar

Prokuror va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
«Yoshlar kuni» munosabati bilan bugun, 20-avgust kuni Andijon tumani prokurori D.R. Jo‘rayev ishtirokida yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda 37 nafar yosh ishtirok etib, ishga joylashish, kredit ajratish, kasb-hunar uchun asbob-uskunalar bilan ta’minlash hamda ta’limning navbatdagi bosqichiga yo‘naltirish bo‘yicha 18 ta murojaat kelib tushdi.
Murojaatlarning 4 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolgan 14 tasi nazoratga olinib, mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar tuman prokuraturasining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, ularga prokuratura organlarining tarixi, asosiy vazifalari, qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda jinoyatlarni issiq izidan fosh etish borasidagi faoliyat haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
Bizning sahifalarimiz:
Web|Telegram|Instagram|Facebook






