YOSHLARNING MUROJAATLARI TINGLANIB, MUAMMOLARGA YECHIM BELGILANDI
2026-08-20 18:50:00 / Yangiliklar

YOSHLARNING MUROJAATLARI TINGLANIB, MUAMMOLARGA YECHIM BELGILANDI
Bugun, Andijon tumanida “Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar bilan ochiq muloqot o’tkazildi.
Uchrashuvda yoshlarning ishga joylashish, imtiyozli kredit
olish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ta’lim, bandlik hamda boshqa masalalarga oid murojaat va takliflari tinglandi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini amaliy hal etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.









