ANDIJON TUMANIDA YOSH OILALAR MUSTAHKAMLIGI UCHUN MUHIM QADAM!
2026-08-18 10:20:00 / Yangiliklar

ANDIJON TUMANIDA YOSH OILALAR MUSTAHKAMLIGI UCHUN MUHIM QADAM!
Andijon tumanida yangi turmush qurayotgan yosh oilalarning mustahkam poydevor asosida hayot boshlashi, oilaviy ajrimlarning oldini olish va kelajakdagi muammolarni barvaqt bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Andijon tumani hokimi Boburjon Yuldashev yangi turmush qurayotgan bo‘lajak kelin-kuyovlar hamda ularning ota-onalari bilan ochiq va samimiy suhbat o‘tkazdi.
Muloqot davomida oila qurishdan oldin yoshlar bilan mas’uliyat, o‘zaro hurmat va murosa haqida jiddiy suhbatlashish, ota-onalarning oiladagi mas’uliyati, ajrimlarning oldini olish, nikohdan avvalgi tibbiy ko‘rikdan o‘tish, shuningdek, to‘ylarni ixcham, isrofgarchilik va ortiqcha xarajatlarsiz o‘tkazish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Eng muhimi, Andijon tumanida bo‘lajak kelin-kuyov va ularning ota-onalaridan oilaviy mas’uliyatni anglash, to‘ylarni tartibli va ortiqcha sarf-xarajatlarsiz o‘tkazish bo‘yicha tilxatlar olish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yildi. Zero, mustahkam oila faqat to‘y bilan emas, balki to‘yga qadar qabul qilingan mas’uliyatli qarorlar, o‘zaro hurmat va farzandlar kelajagiga bo‘lgan mas’uliyat bilan quriladi.
Bizning sahifalarimiz:
Web|Telegram|Instagram|Facebook