Qurama mahallasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari jadal olib borilmoqda
2026-03-18 16:20:00 / Yangiliklar
Andijon tumani og‘ir toifaga kiritilgan “Qurama” mahallasining Serfayz ko‘chasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda aholiga yanada qulay sharoit yaratish maqsadida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda mazkur ko‘chada shag‘al to‘kish ishlari olib borilib, maxsus texnika — avtogreyder yordamida yo‘l yuzasi tekislanmoqda. Shundan so‘ng yo‘l qatlami mustahkamligini ta’minlash maqsadida katok texnikasi orqali zichlash ishlari bajarilmoqda. Ushbu jarayon yo‘lning uzoq muddat xizmat qilishi va har qanday ob-havo sharoitida bardoshli bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Mazkur ta’mirlash ishlari natijasida ko‘chadagi harakatlanish sifati sezilarli darajada yaxshilanadi, transport vositalari va piyodalar uchun xavfsiz hamda qulay muhit yaratiladi.







