Andijon tumanida Ramazon iftorligi.
2026-03-17 21:35:00 / Yangiliklar
Davlatimiz rahbarining ezgu tashabbuslari asosida Andijon tumanidagi “Oq Saroy” tantanalar saroyida muborak Ramazon oyiga bag‘ishlangan iftorlik dasturxoni tashkil etildi.
Mazkur tadbirda nuroniylar, mehnat faxriylari hamda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ilg‘orlar jam bo‘lib, fayzli dasturxon atrofida samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Uchrashuv davomida ezgu tilaklar bildirilib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida duolar qilindi.










