TOPSHIRIQLAR IJROSI AMALDA
2026-03-17 12:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 16-mart kuni viloyat hokimi tomonidan o‘tkazilgan onlayn muloqotda tumanimizdagi 77 ta mahalla faollari bilan suhbatlashilib, ularning muammo va takliflari atroflicha muhokama qilingan edi. Ushbu uchrashuv yakunida muhim topshiriq va vazifalar belgilab berilgan.
Bugun erta tongdan tuman hokimi Boburjon Yuldashev boshchiligida viloyat mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirokida mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Qumko‘cha, Rovvot Gumbaz va Darhon mahallalaridagi faollar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Hozirda aholi uchun muhim bo‘lgan infratuzilma loyihalari, asosiy avtomobil yo‘llari bo‘ylab ichimlik suvi tarmoqlarini tortish, ichki va markaziy yo‘llarni asfaltlash hamda aholi tomonidan hashar yo’li bilan obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.
Mazkur bunyodkorlik ishlari tuman aholisining turmush darajasini yaxshilash, ularga yanada qulay sharoit yaratish va eng muhimi — xalqimizni hayotdan rozi qilishga qaratilgan.










