ALIMENT MASALALARI BO‘YICHA MUROJAATLAR O‘RGANILDI
2026-03-17 12:50:00 / Yangiliklar
Andijon tumani hokimi Boburjon Yuldashev, tuman prokurori Dilmuhammad Jo‘rayev hamda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Omadjon Akbarov boshchiligida aliment to‘lovlari bilan bog‘liq murojaatlar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning mavjud muammolari tinglanib, har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqildi hamda ularni qonuniy hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Mazkur tadbir aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ayniqsa voyaga yetmagan bolalar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.








