Andijon tumanida Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik tadbiri o‘tkazildi
2026-03-16 20:00:00 / Yangiliklar
Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida Ramazon oyida yurtimiz hududlarida mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Andijon tumanida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan “Yakkasaroy” to’yxonasida iftorlik dasturxoni tashkil etildi.
Tadbirda vazir maslahatchisi Ismatov Suratilla Xamidullayevich, tuman hokimi Boburjon Yuldashev, nuroniylar hamda faollar ishtirok etdi.
Shuningdek, Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat natijasida mamlakatimizda inson qadri ulug‘lanib, aholi o‘rtasida mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.










