Hashar - yoshlarga yarashar
2026-03-14 16:00:00 / Yangiliklar
Yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan umumxalq hashari doirasida Andijon tumani mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan tumanimizdagi “Tuyamozor” qabristonida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi. Hashar davomida hudud tozalanib, qabriston atrofidagi begona o‘tlar va chiqindilar yig‘ishtirildi, yo‘laklar tartibga keltirildi.
Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, kattalarga hurmat va muqaddas maskanlarni e’zozlash tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Yoshlar bir yoqadan bosh chiqarib, qabriston hududini yanada obod va saranjom holatga keltirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.









