Andijon tumanida dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
2026-03-14 10:00:00 / Majlislar
Andijon tumani hokimi Boburjon Yuldashev boshchiligida sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida bugungi umumxalq hashar tadbirini ko‘tarinki ruhda tashkil etish, Navro‘z bayrami munosabati bilan aholi uchun arzonlashtirilgan yarmarkalarni tashkil qilish, ishsiz yoshlarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish hamda fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar bilan tezkor ishlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tumandagi og‘ir hudud toifasiga kiritilgan mahallalarda olib borilayotgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.







