Yoshlar muammolari e’tiborda.
2026-03-12 19:40:00 / Yangiliklar
Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon tumani hokimi Bobirjon Yuldashev tumanimizdagi Beshbo’ynoq mahallasida yashovchi otaliqqa olingan, probatsiya nazoratida turuvchi yosh xonadonida bo‘lib, u bilan bevosita muloqot qildi.
Uchrashuv davomida yosh bilan ochiq va samimiy suhbat o‘tkazilib, uning hayotiy rejalari, bandlik masalalari hamda mavjud muammolari muhokama qilindi. Yosh o‘zini qiynab kelayotgan masalalar va takliflarini bildirib o‘tdi.
Tuman hokimi murojaatlarni diqqat bilan tinglab, ularni hal etish, yoshning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.





