Andijon tumanida iqtidorli yoshlarning startap loyihalari bilan tanishildi
2026-03-12 14:50:00 / Yangiliklar
Andijon tumani hokimi Boburjon Yuldashev, tuman prokurori Dilmuhammad Jo’rayev hamda tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Dilshodbek Ahmadaliyev boshchiligida tumandagi iqtidorli yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning innovatsion g‘oyalari, yangi biznes tashabbuslari va istiqbolli loyihalari ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar har bir loyiha yuzasidan fikr bildirib, ularni yanada rivojlantirish, amaliyotga joriy etish hamda qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan tavsiyalar berdilar.










