Yosh tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-03-12 14:00:00 / Yangiliklar
Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon tumani hokimi Boburjon Yuldashev hamda tuman prokurori Dilmuhammad Jo‘rayev boshchiligida tumanimiz hududidagi Yoshlar sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida yosh tadbirkorlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish jarayonlarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yosh tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.







