Andijon tumanida “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida kartoshka ekish ishlari amalga oshirildi
2026-03-10 09:00:00 / Yangiliklar
Andijon tumanidagi “Haqiqat” hamda “Sadda tagi” mahallalarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda samarali yondashuvlardan biri bo‘lgan “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida amaliy ishlar olib borildi.
Mazkur tashabbus doirasida ushbu hududlarda joylashgan 4 gektar yer maydoniga kartoshka ekish ishlari tashkil etildi. Ushbu ishlar yer maydonlaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan bunday agrotexnik tadbirlar hududda qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish, hosildorlikni oshirish va mahalliy aholining daromad manbalarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.







