Hokimlik soati
2026-03-06 13:00:00 / Yangiliklar
Andijon tumani hokimi Boburjon Yo‘ldashev boshchiligida tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari hamda mahalla yettiligi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig’ilish davomida mahallalarda soliq tushumlarini oshirish, ishsiz yoshlarni ishga joylashtirib doimiy daromad manbaiga ega qilish, otaliqqa olingan yoshlar bilan tizimli ishlash hamda maktablardagi 11-sinf bitiruvchilarini oliy ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayramini ko‘tarinki ruhda, munosib tarzda tashkil etish, xotin-qizlarga e’tibor va ehtirom ko‘rsatish bo‘yicha ham tegishli vazifalar belgilab berildi.
Yig’ilish yakunida har bir yo‘nalish bo‘yicha kunlik ish rejalari asosida faoliyat olib borish, hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.









