Andijon tumanida bog‘dorchilikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
2026-03-04 10:35:00 / Yangiliklar
Andijon tumani hokimi Boburjon Yuldashev boshchiligida tumanda bog‘dorchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fermer xo‘jaliklari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida hududda bog‘dorchilikni yanada rivojlantirish, hosildorlikni oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda eksportbop mahsulotlar yetishtirish masalalari muhokama qilindi.
Tuman hokimi har bir murojaat va taklif atroflicha o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.
Andijon tumanida qishloq xo‘jaligining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan bog‘dorchilikni qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettiriladi.







