Yangi Andijon massivida yosh oilalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-02-19 10:00:00 / Yangiliklar
Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan video-selektor yig‘ilishida payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilandi. Hudud rahbarlariga yoshlar masalalari bilan shu kuni alohida shug‘ullanish topshirildi.
Mazkur topshiriq asosida Andijon tumani hokimi Boburjon Yuldashev boshchiligida tumandagi Yangi Andijon massivida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni xarid qilish istagida bo‘lgan 80 nafar yosh oilalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yosh oilalarga yangi uy-joylar qurilish jarayonlari, to‘lov shartlari, imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.
Mazkur muloqot yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilash hamda ochiq va shaffof jarayonni ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.









