Jaholatga qarshi ma’rifat
2026-01-08 13:10:00 / Yangiliklar
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda institut dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etib, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusi atrofida fikr almashildi.
Uchrashuv davomida yoshlar ongida sog‘lom fikrlashni shakllantirish, ularni turli zararli g‘oyalar va yot ta’sirlardan asrashda bilim va ma’rifatning muhim o‘rni ta’kidlandi. Shuningdek, talabalarning tarbiyasi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tib, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar kelgusida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilishi qayd etildi. Mazkur uchrashuv institutda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.




