TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI.
2025-09-16 09:40:00 / Yangiliklar
Andijon tumani hokimi Boburjon Yuldashev fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatlarini tingladi.
Murojaatlar ijrosini ta’minlash uchun qabulda hozir bo‘lgan turli sohalar mas’ullariga fuqarolar so‘rovlari yo‘naltirilib, mas’ullar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tushgan murojaatlar ijrosini ta’minlashga kirishdilar.
Ijrosi vaqt talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, ayrim fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.
Sayyor qabul mahalliy aholi muammolarini bevosita eshitish va ularni tezkor hal etishga xizmat qiladi.










