Zaynitdinova Lyudmila Ibraximovna
21.01.1967 y. Таshkent shahri
1984-1989 y. – Toshkent davlat universiteti biologiya-tuproqshunislik fakulteti (mikrobiologiya kafedrasi)
- Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD (02.07.1998) “Sulfidli minerallarning biodestruksiyasi – metallar qazib olishni jadallashtirish uchun asos sifatida”, 03.00.23 – Biotexnologiya ixtisosligi);
- Biologiya fanlari doktori Dsc (23.12.2016) “Sulfidli rudalarni filtrlash orqali yuvishning mikrobiologik texnologiyalari”, 03.00.04 – Mikrobioloiya va virusologiya ixtisosligi);
- 2017 yildan hozirgi vaqtgacha O‘zR FA Mikrobiologiya instituti “Mikroorganizmlar bioxilma-xilligi” laboratoriyasi mudiri.
Mikrobiologiya, biotexnologiya, ekologiya, bioyoqilg‘i ishlab chiqarish, nanobiotexnologiya
Ilmiy ishlar asosan mikroorganizmlarning bioxilma-xilligi va ularning funksional xususiyatlarini, antropogen o‘zgargan hududlarning mikrob senozlarini o‘rganish bilan bog‘liq. O‘simlik xomashyolarini biokonversiyalash va bioyoqilg‘i ishlab chiqarish, oqava suvlarni tozalash, pestitsidlarning biodegradatsiyasi va mikroorganizmlar tomonidan nanozarralar biosintezi, sulfidli rudalarni biologik yuvish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. Shuningdek, Mikrobiologiya institutida noyob obyekt rahbari bo‘lgan va institutning mikroorganizmlar to‘plami raqamli ma’lumotlar bazasini yaratish va metall nanozarralarining mikrobial sintezi bo‘yicha loyihalar rahbari bo‘lgan.
Antropogen o‘zgargan hududlarning mikrob senozlarini o‘rganish.
Mikrobiologiya instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.V.38.01 raqamli Ilmiy kengashi va Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi.
- O‘zR FA Mikrobiologiya institutida o‘tkaziladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, institutning ilmiy-amaliy anjumanlarida va har yili bo‘lib o‘tadigan umumxalq xayriya xasharlarida faol ishtirok etib keladi.
