Qodirova Zulayho Raimovna
05.02.1955 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1977yili Toshkent Politexnika instituti kimyo-texnologiya fakulьtetini imtiyozli diplom bilan tugatgan, ushbu Institutda 1977 yildan, 2003 buyon Silikatlar kimyosi va kimyoviy texnologiyasi laboratoriyasi mudiri lavozimda faoliyat ko‘rsatadi,
Kimyo fanlari doktori (2000y), professor (2010y), «Fan sohasidagi yutuqlari» mukofoti sovrindori (1984 y.), «Shuhrat» medali sohibasi (2016 y.), Qirg‘iziston Davlat Texnika Universiteti Fahriy professori (2023).
Kimyoviy texnologiya sohasida yetuk mutaxassis, taniqli olima. uning amaliy tadqiqot natijalari Respublika iqtisodiyotining silikat, jumladan qurilish, keramika, olovbardosh, issiqlikni himoyalovchi va shisha materiallar ishlab chiqarish sohasini rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. U tomonidan ushbu materiallar kimyoviy texnologiyasining fundamental asoslari ishlab chiqish bilan birga mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilaridan foydalanib, ularning samarador tarkibi va ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari yaratilgan va amaliyotga joriy etilgan.
Z.R.Qodirova tomonidan O‘zbekistonda ilk bor yuqori haroratli birikmalar olishda nanotexnologiyaning zolь-gelь usulini qo‘llashga asos yaratilib, hozirgi kunda ilmiy-tadqiqotlar olib bormoqda. Z.R.Qodirova silikat va yuqori haroratga chidamli materiallar kimyosi va texnologiyasi bo‘yicha o‘z ilmiy maktabini yaratgan: uning rahbarligida jami 21 ta bo‘lib, 4ta doktorlik (DSc), 19ta nomzodlik va PhD dissertatsiyalari himoya qilingan. Hozirgi kunda 7 ta DSc 4 ta PhD doktorantlariga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. Uning (hindex= 7 WoS) 600 ga yaqin ilmiy ishlari chop etilgan bo‘lib, 280 ta xorijda, 48 ta Scopus va Web of Science bazasida, 7 monografiya va 7 ta O‘zR Patentidir.
Z.R.Qodirova jamoat ishlarida ham faol bo‘lib, 1997-2002 yillar davomida O‘zbekiston kimyo jurnalining mas'ul kotibi va Institut Kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi vazifalarida ishlagan. Hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasi «Ogneuporы i texnicheskaya keramika», AQShning «Aspects in Mining & Mineral Science», O‘zbekiston kimyo jurnallarining redkollegiya a'zosi va Institut Xotin-qizlar kengashining raisasi.
