Mustafayeva Nodira Abdullayevna
28-iyul 1969-yil. Toshkent shahrida tugʻilgan.
tarix fanlari doktori, professor.
Ilmiy izlanishlari doirasi XX asrda Oʻzbekiston madaniyati tarixidagi jarayonlar hamda oʻzbek xalqining madaniy-maʼnaviy hayotidagi oʻzgarishlar, Oʻzbekistonda tarix fani rivoji, gender tadqiqotlari, oʻzbek kinosi tarixini qamrab oladi.
XX asr Oʻzbekiston madaniyati tarixi va tarixshunosligi masalalari, madaniyatning nazariy jihatlari, Turkistonda jadidchilik va madaniy oʻzgarishlar, Oʻzbekistonda diniy siyosat, taʼlim tizimi tarixi, maktablarda tarix oʻqitish metodikasi, arxivshunoslik va muzeyshunoslikning dolzarb masalalarini tahlil qilgan. 200ga yaqin ilmiy ishlar muallifi.
Ilmiy rahbarligida 8ta falsafa doktori (PhD) himoya qilgan. 4ta fan doktori (DSc) va 6ta falsafa doktori (PhD) tayyorlanmoqda.
Respublika va xalqaro ilmiy jurnallar tahrir hayʼati aʼzosi. Respublika “Olima” uyushmasi boshqaruvi, Respublika “Oqila ayollar harakati” qoʻmitasi aʼzosi.
2019-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” boʻlimi rahbari. Oʻrindoshlik asosida pedagogik faoliyat yuritadi.
Oilali. 4ta farzandi bor.
“Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi”, “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.
