Miralimova Shahlo Mirjamolovna
19.04.1973, Toshkent sh.
Oliy ma’lumotli, biologiya fanlari doktori, Professor
Foydali bakteriyalarning xossalarini o'rganish, inson mikrobiomining salomatlik va patologiyalardagi rolini o'rganish, probiotik preparatlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish.
Oshqozon yarasining oldini olish va davolash uchun probiotik preparat ishlab chiqdi va ishlab chiqardi, gipoglikemik ta'sirga ega probiotik preparati, akvakultura kasalliklarini kamaytiradigan probiotik preparatni yaratish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordi. 4 nafar fan nomzodi tayyorladi, bitta fan nomzodi tayyorlamoqda.
Sh.M. Miralimovaning asosiy ilmiy faoliyati odam organizmi uchun foydali mikroorganizmlarning biologik xususiyatlarini urganish va ular asosida organizmning mikrobiomini korreksiya kilish orkali kasalliklarini oldini olish va davolash uchun biopreparatlar yaratishdan iborat. Izlanishlarni nafakat Uzbekistonda, balkim Amerika Kushma Shtatlarinig ilgor ilmiy markazida – Chapel Xilldagi Shimoliy Karolina Universitetida olib borgan.
Faoliyati natijasida kator biologik preparatlar yaratgan. Xozirgi kunda natijalarni tijoratlashtirish uchun Islom Tarakkiyot banki kumagida biotexnologik ishlab chikarishga asoslangan AllWellLab MchJ ni tashkil kilishga muvaffak bulgan va shu orkali mamlakatimiz axolisini soglomlashtirish uchun bozorga «Laktopropolis-AWL», «Probiokeyr- AWL» va «Probiomiks- AWL» probiotik preparatlarini takdim kilgan.
Hozirgi vaqtda yuqori nafas yo'llarining infektsiyalari - o'tkir va surunkali tonzillitning oldini olish va davolash uchun probiotik preparatni yaratish bo'yicha tadqiqotlar olib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti huzuridagi Ilmiy darajalar berish bo‘yicha DSc.02/30.12.2019.B.38.01 ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib bormoqda.
