Baltayeva Umida Ismoilovna
1983-yilda Xiva shahrida tug‘ilgan.
1999-2003 - yillarda Urganch davlat universiteti fizika-matematika fakulteti talabasi
2003-2005 -yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti magistri
2005-2008 -yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti aspiranti
2008-2010 - yillarda Urganch Davlat universiteti o‘qituvchisi
2010-2013 -yillarda Urganch Davlat universiteti «Amaliy matematika va matematik fizika» kafedrasi dotsenti
2014-2015 -yillarda Germaniyaning Georg-Avgust nomidagi Gyottingen universiteti, Matematika instituti postdoktoranti
2015-2017 -yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Differensial tenglamalar” kafedrasi doktoranti
2017-2018-yillarda Urganch Davlat universiteti «Amaliy matematika» kafedrasi dotsenti
2018 - 2022 -yillarda O‘zbеkiston Rеspublikasi Fanlar akadеmiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasi, aniq fanlar bo‘limi boshlig‘i
2023 – yildan h.v. O‘zbеkiston Rеspublikasi Fanlar akadеmiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasi, aniq fanlar bo‘limi bosh ilmiy xodimi va shu bilan birgalikda UrDU «Amaliy matematika va matematika fizika kafedrasi» kafedrasi professori vazifalarida ishlab kelmoqda.
Ilmiy yo‘nalishi – U.I.Baltayeva aralash tipdagi yuklangan differensial tenglamalar sohasida yuksak natijalarga erishgan olima. Olingan natijalari shu kungacha 1 ta monografiya, 1 ta o`quv qo`llanma va 80 dan ortiq ilmiy nashrlarda chop etilgan. Shu bilan birga 1 ta patent olingan.
Olingan natijalari halqaro miqyosda yuqori baholanib, U.I.Baltayeva ko‘plab xalqaro universitet va ilmiy markazlarga hamkorlik qilish uchun taklif qilindi va ilmiy ma’ruzalar qiladi, jumladan ilmiy faoliyati maobaynida qator xalqaro grant loyihalari (COIMBRA-Group, CIMPA, CARMIN, Erasmus Mundus, TEMUR, CNRS, ICTP, DAAD, IMU) asosida Germaniya, Ispaniya, Italiya, Braziliya, Fransiya, Yaponiya va boshqa bir qancha davlatlarda ilmiy safarlarda bo‘lgan. 2022-2023 yillarla ERASMIJS+ project (Project code: 610170-Epp- 1-2019-l-ES-EPPKA2-CBHE-JP), Fransiyaning CNRS, HORIZON 2020 ning 873071 raqamli (SOMPATY) va Yevropa matematiklar jamiyatining CDC ERSE grant loyixalari ishtirokchisi.
Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi va innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ta’sis etilgan yosh olimlar uchun Ftex-2018-142, ЁФ-4-03, ЁФ-1-14 raqamli grant loyihalari rahbari bo‘lgan. 2022 yilda yosh olimlar uchun ta’sis etilgan “Akademik xarakatchanlik” va ilmiy stajirovkalar dasturlari grant loyihalari sovrindori.
Xozirgi kunda U.I.Baltayeva, Xalqaro matematiklar uyushmasi (IMU) qoshida ta’sis etilgan Matematik ayollar komitetining (CWM) O‘zbekistondagi vakili, Osiyo va Okeaniya davlatlari matematik ayollari jamiyati (AOWM)ning O‘zbekistondagi vakili, Markaziy Osiyo Ayol matematiklari jamiyati (CAWMA)ning O‘zbekistondagi vakili, Yevropa ayol matematiklari jamiyati (EWM)ning O‘zbekistondagi koordinatorlari sifatida faoliyat olib bormoqda. International Society of Difference Equations (ISDE) jamiyati a’zosi.
Asosiy ilmiy ishlari:
Nomz. diss. mavzusi: “Uchinchi tartibli aralash tipdagi tenglamalar uchun chegaraviy masalalar” – T., 2009.
Dokt. diss. mavzusi: “Uchinchi tartibli aralash tipdagi yuklangan chiziqli differensial va integro-differensial tenglamalar uchun chegaraviy masalalar” – T., 2019.
