Jamgʻarma faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi 260-son qarori tasdiqlangan.
Mazkur qarorda belgilangan tartiblar asosida:
Fanlar akademiyasi jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash boʻyicha kengashning 2026-yil 24-iyuldagi 1-son bayonnomasi bilan quyidagilar tasdiqlangan:
- Kengashning 2026-yil 24-iyuldagi 1-son bayonnomasi
- Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi
- Reagent, reaktiv, xomashyo, sarflov materiallar va butlovchi qismlarni xarid qilishga mablagʻ ajratish tartibi
Fanlar akademiyasining Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash boʻyicha kengashining 2026-yil 21-avgustdagi 2-son bayonnomasi bilan quyidagilar tasdiqlangan:
- Kengashning 2026-yil 21-avgustdagi 2-son bayonnomasi
- “Dolzarb ilmiy tadqiqot natijalariga oid monografiya va kitoblar chop etish xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida” nizom
Fanlar akademiyasining Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash boʻyicha kengashining 2026-yil 2-sentabrdagi 3-son bayonnomasi tasdiqlandi:
Fanlar akademiyasi jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash boʻyicha kengashning 2026-yil 10-sentabrdagi 4-son bayonnomasi bilan quyidagilar tasdiqlangan:
- Kengashning 2026-yil 10-sentabrdagi 4-son bayonnomasi
- Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi
- Fanlar akademiyasi jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kimyo-biologiya fanlari yoʻnalishi boʻyicha ilmiy tashkilotlar va moliyalashtiriladigan mablagʻlar
Fanlar akademiyasi jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash boʻyicha kengashning 2026-yil 15-sentabrdagi 5-son bayonnomasi bilan quyidagilar tasdiqlangan:
- Kengashning 2026-yil 15-sentabrdagi 5-son bayonnomasi
- Tayanch doktorantura izlanuvchilariga nomli stipendiyalarni tayinlash vatoʼlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti tomonidan tuzilgan dastlabki shartnomalar to‘g‘risida MA'LUMOT
Yurtimizda yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ilm-fanni rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-maydagi 260-son qarori 4-bandida belgilangan ochiq ma'ruzalar, ilmiy anjumanlar o‘tkazish hamda ilmiy-ommabop adabiyotlar nashr etish vazifalari doirasida akademik S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti tomonidan “Biologik faol birikmalar: kimyodan tibbiyotgacha” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman tashkil etildi.
Mazkur qarorning 30-bandi talablariga muvofiq, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xaridlar bo‘yicha rasmiylashtirilgan dastlabki shartnomalar RO‘YXATI shaffoflikni ta'minlash va rasmiy veb-saytda e'lon qilish uchun ilovaga muvofiq taqdim etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishida chop etish xarajatlari moliyalashtiriladigan ilmiy asarlar ro‘yxati e'lon qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash bo‘yicha kengashining 2026-yil 24-avgustdagi 2-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Dolzarb ilmiy tadqiqot natijalariga oid monografiya va kitoblarni chop etish xarajatlarini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, shuningdek, Fanlar akademiyasi prezidentining 2026-yil 11-noyabrdagi 20-153-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan joriy davrda Fanlar akademiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishida chop etish xarajatlari moliyalashtiriladigan ilmiy asarlar ro‘yxati e'lon qilinadi (ilovada)
Fanlar akademiyasi tizimini 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun xalqaro konsultantlarni jalb etish bo‘yicha shartnomalar roʻyxati e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-dekabrdagi PQ–390-son qarori 2-ilovasi 1-bandiga muvofiq, Fanlar akademiyasi tizimini 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida xalqaro konsultantlarni jalb etish yuzasidan shartnomalar roʻyxati e’lon qilinadi.
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tovarlar (ish, xizmatlar)ni xarid qilish boʻyicha Ilgʻor texnologiyalar markazi tomonidan tuzilgan shartnomalar e’lon qilinadi.
VMQ 260-son qarori (20.05.2026) 30-bandi va Fanlar akademiyasi jamgʻarmasi faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash boʻyicha kengashining 1-son bayonnomasi bilan (14.07.2026) tasdiqlangan "Reagent, reaktiv, xomashyo, sarflov materiallar va butlovchi qisimlarni xarid qilishga mablag‘ ajratish tartibi"ga hamda 2026-yil 11-sentabrdagi 20-123-son buyrug‘i asosan asosan Ilgʻor texnologiyalar markazi tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Reganetlar va reaktivlar hamda sarflov materiallari xaridi natijasida tuzilgan shartnomalar ro‘yxati e'lon qilinmoqda (ilovada).
