Fanlar akademiyasi olimlari “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
2026-11-17 16:35:00 / Yangiliklar
“16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida tashkil etilgan tadbirda jamiyatda diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va dinlararo hamjihatlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz e’tirof etildi.
Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida Fanlar akademiyasi vakillari ham bor:
Bahrom Abduhalimov — Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti;
Jannat Ismailova — O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori;
Komiljon Rahimov — Sharqshunoslik instituti direktori.
Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan olimlarimizni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi ilmiy va ijodiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!




