FIZIKA-TEXNIKA INSTITUTIDA ZAMONAVIY YUQORI UNUMDORLIKKA EGA HISOBLASH KLASTERI YARATILDI
2026-11-18 10:20:00 / Yangiliklar

Hisoblash klasterining texnik imkoniyatlari:
18 ta yuqori unumdorlikka ega hisoblash tuguni va 1 ta server;
372 ta protsessor yadrosi (CPU);
907 GB tezkor xotira (RAM);
107 TB ma’lumotlarni saqlash sig‘imi.
Klaster faoliyatini boshqarish va monitoring qilish uchun HPC Cluster Dashboard lokal veb-platformasi ishlab chiqildi. Ushbu tizim murakkab ilmiy hisoblashlarni amalga oshirish, katta hajmdagi eksperimental ma’lumotlarni qayta ishlash hamda parallel hisoblashlarni samarali tashkil etish imkonini beradi.
Mazkur natijalar institutning yuqori energiyalar fizikasi sohasidagi ilmiy salohiyatini mustahkamlash, zamonaviy hisoblash texnologiyalarini rivojlantirish va xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

