Fanlar akademıyası delegatsıyası MDHga aʼzo davlatlar olimlarining VI forumida iştirok etdi
2026-11-02 16:40:00 / Yangiliklar
Olmaota şahrida Qozoğiston Milliy fanlar akademiyasining 80 yilligiga bağişlangan tadbirlar doirasida "Sunʼiy intellekt davrida ilm-fan: hamkorlik va rivojlaniş uçun yangi imkoniyatlar" mavzusida MDHga aʼzo davlatlar olimlarining VI forumi ötkazildi. Unda Özbekiston Fanlar akademiyasi delegatsiyasi iştirok etdi.

Anjumanda sunʼiy intellekt va raqamlaştiriş, mintaqaviy va global muammolarni (ekologiya, energetika, tibbiyot va biotexnologiya) hal etişga qaratilgan transçegaraviy tadqiqotlarni yölga qöyiş, ilmiy kadrlarni tayyorlaş, tajriba almaşiş va yoş ilmiy xodimlarning xalqaro akademik mobilligini kengaytiriş kabi yönalişlar atrofliça muhokama qilindi.
Şuningdek, Forumda FA Fizika-matematika va texnika fanlari bölimi rahbari-ilmiy kotib, akademik Saʼdulla Bahramovga Qozoğiston Milliy Fanlar akademiyasi 80 yillik yubiley medali topşirildi.
Forum MDH mamlakatlari örtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlikni çuqurlaştiriş, zamonaviy tadqiqotlar va innovatsiyalarni birgalikda rivojlantiriş platformasi bölib xizmat qildi.




