OʻzR FA S.Yunusov nomidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti tashkil topganligining 70 yilligiga bagʻishlangan kitob-albom nashr qilindi
2026-10-07 09:00:00 / Yangiliklar
OʻzR FA S.Yunusov nomidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti tashkil topganligining 70 yilligiga bagʻishlangan kitob-albom nashr qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik S.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutining 70 yilligiga bag‘ishlangan ushbu kitob o‘simlik birikmalari kimyosi sohasidagi eng yirik ilmiy markazlardan birining shakllanish va rivojlanish tarixini yoritadi.
Nashrda Institutning tashkil topishi, uning tashkilotchilari, ilmiy bo‘linmalarining rivojlanishi va erishgan yutuqlari, yetakchi olimlar, ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan preparatlar, publitsistik faoliyat, xalqaro aloqalar hamda Institutni yanada rivojlantirish strategiyasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
