EʼLON! Monografiya va kitoblarni chop etish uchun arizalarni qabul qilish muddati uzaytirildi
2026-09-15 18:00:00 / Eʼlonlar
Monografiya va kitoblarni chop etish uchun arizalarni qabul qilish muddati uzaytirildi

2026-yil uchun dolzarb ilmiy tadqiqot natijalariga oid monografiya va kitoblarni Fanlar akademiyasining jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan chop etish boʻyicha arizalarni qabul qilishning avval belgilangan 2026-yil 15-sentyabr muddati 2026-yil 21-sentyabrga qadar (21-sentyabr kunini qoʻshgan holda) uzaytirildi.
Avval eʼlon qilingan arizalarni taqdim etish tartibi, talabgorlarga qoʻyilgan talablar hamda taqdim etiladigan hujjatlarga oid boshqa talablar oʻzgarishsiz qoladi.
Arizalarni qabul qilishning soʻnggi muddati – 2026-yil 21-sentyabr.
