Genomika va bioinformatika markazi olimlarining ilmiy ishlanmalari Janubiy Koreyada ikkita oltin medal bilan taqdirlandi
2026-08-19 10:05:00 / Yangiliklar

Janubiy Koreyaning Seul shahridagi COEX ko‘rgazmalar majmuasida “Korea International Women’s Invention Exposition 2026” (KIWIE 2026) xalqaro ixtirolar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli xalqaro tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi Transgenomika va to‘qimalar kulturasi laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari doktori Xurshida Ubaydullayeva Markaz xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan innovatsion ishlanmalar bugʻdoyning "Barkamol" navi hamda kovidga qarshi "TOMAVAC" vaksinasi bilan ishtirok etdi.
Taqdim etilgan ishlanmalar tanlovning xalqaro ekspertlar hay’ati tomonidan ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati va innovatsion salohiyati jihatidan yuqori baholanib, ikkita oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Ushbu yutuq Genomika va bioinformatika markazida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganini ko‘rsatadi.




