audio

    16+
    Germaniyada O‘zbekistonlik tibbiyot xodimlariga talab oshmoqda

    Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Frayburg universiteti klinikasi bosh direktori, professor Frederik Vens bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida tashkiliy, qonuniy mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, Germaniyada vaqtinchalik ishlash istagidagi O‘zbekiston fuqarolarini nemis tiliga o‘qitish va ularni Germaniya o‘quv standartlari bo‘yicha tayyorlash borasida keng ko‘lamli ishlarni jadallashtirish hamda ularni Germaniyada ishlash uchun jalb qilish bo‘yicha yagona konsepsiya ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

    Professor F.Vens Germaniyadagi 11 mingta tibbiyot muassasalarida 10 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari yetishmasligi, ko‘p miqdorda o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlariga ehtiyoj borligini ta’kidladi. 

    Shuningdek, tibbiyot muasasalarida ishlash uchun oshpaz, haydovchi va texnik xodimlarga ham talab yuqoriligini ma’lum qildi.

    Uchrashuv so‘nggida Frayburg universiteti klinikasi bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi tibbiyot xodimlarini nemis tiliga o‘qitish va Germaniya tibbiy ta’lim standartlari va metodologiyasi asosida ularni tayyorlash hamda kadrlarning malakasini oshirishga o‘zaro kelishib olindi.

    • view_icon 117