Hamkorlik yanada mustahkamlanadi
2023-12-15 16:25:00 / Yangiliklar
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni Podshohligi Inson resurslari va ijtimoiy taraqqiyot vaziri Ahmad Sulaymon Al Rajhi bilan uchrashdi.
Muloqot davomida ikki mamlakatning ijtimoiy masalalardagi hamkorligini yana-da rivojlantirish, o‘zbekistonlik malakali ishchilarni Saudiya Arabistonining turli sohalarida ishga jalb etish ko‘lamini oshirish va ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratib berish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, ikki davlat Hukumatlari o‘rtasida 2022-yilning 17-avgust kuni Jidda shahrida “Ishchilarni yollash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim” imzolangan.