O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari Kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi
2025-03-24 11:15:00 / Yangiliklar

Strategik sheriklik va do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash kabi muhim mavzular kun tartibidan joy oldi.
Tashqi ishlar vazirlari Kengashining birinchi yig‘ilishi bayonnomasini imzolanib, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni chuqurlashtirishga kelishib olindi.
Shuningdek, mehmonlar YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Xivadagi Ichan qal’a majmuasiga tashrif buyurib, ajdodlarimizning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishdilar. Xivaning betakror me’morchiligi va jo‘shqin ruhi xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik mushtarak tarix va do‘stlik timsoli ekanligi yana bir bor ta’kidlandi. Tashrif davomida o‘tkazilgan konstruktiv muloqotlar ikki qardosh davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.