Vazir Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
2025-02-21 09:35:00 / Yangiliklar
2025-yil 20-fevral kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Kanadaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Kristofer Daggan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Kon-geologiya vaziri B.Islamov, vazirning birinchi o‘rinbosari O.Nasritdinxodjayev, departament boshliqlari va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.
Vazir hamda elchi O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Kon-geologiya vazirligi va tizimosti korxonalar vakillarining Xalqaro tog‘-kon sanoati konferensiyasi (PDAC) tadbirlaridagi ishtiroki, ikki tomonlama hamkorlik aloqalari, O‘zbekiston – Kanada do‘stlik jamiyati faoliyati haqida suhbatlashdilar.