Xorij tajribasi kollaboratsiyasi: aniq maqsad va amaliy natija sari
2023-11-20 10:35:00 / Yangiliklar
Shuning uchun hamma davrda davlat ushbu soha rivoji uchun doim masʼul va gʻamxoʻr boʻlgan. Oʻzbekiston ham bundan mustasno emas.
Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Yevropa Ittifoqining Qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash va soha boʻyicha bilimlarni oshirish (ASK Facility) dasturi rahbari, O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri maslahatchisi - Adrian Nil bilan tashkil etilgan uchrashuvda ayni masalalarga eʼtibor qaratildi.
Dastur rahbari vazirga taqdimot oʻtkazar ekan, uni yoʻnalishlar kesimidagi tahlillarini bayon qildi. Dastavval 2024-2026 yillarga moʻljallangan byudjetni qoʻllab-quvvatlash loyixasi boʻyicha kutilayotgan koʻrsatkichlar muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Shundan soʻng, davlat moliyasini boshqarish yoʻnalishidagi takliflarga oʻtildi. Taʼkidlash oʻrinliki, bu har bir moliya yilida byudjet tomonidan ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri tasarruf etilishi bilan bogʻliq. Har bir soʻm oʻz manzili va tizim taraqqiyoti uchun ishlamogʻi kerak.
Dasturiy byudjetlashni joriy qilish va ichki audit tizimini takomillashtirish masalalari boʻyicha fikr yuritilar ekan, bu sohadagi shaffoflik va ochiqlikni taʼmin etishi bilan ahamiyatli boʻlishi qayd etildi.
Buning uchun esa agro tarmoqda ilm-fan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni joriy etilishiga jiddiy yondoshmoq joiz. Ibrohim Abdurahmonov qishloq xoʻjaligining biron tarmogʻi mana shu koʻrsatkichlarsiz oldinga siljiy olmasligiga urgʻu berib, bu boradagi imkoniyatlarni yetarlicha ishga solinmaganligini aytib oʻtdi ni takomillashtirish;
Yigʻilishda iqlim oʻzgarishi va uning salbiy oqibatlarini oldini olish; Qishloq xoʻjaligida oziq-ovqat xavfsizligi kabi bir qator masalalar ham muhokama markazida boʻldi.
Aytish kerakki, Oʻzbekiston mintaqada agrosalohiyati yetuk mamlakat. Buni koʻz-koʻz qilib emas, soha ertasi, yurt rivoji, aholi maʼmurligi uchun foydalanish manbasiga aylantirish lozim.
Vazir oʻz navbatida mazkur loyihalar taqdimoti bilan tanishar ekan, ulardagi agrotarmoq rivoji uchun naf keltirgani va yoki asoslantirilgan foydali jihatlarini soʻradi. A.Nil bu jarayon uzluksiz tarzda boʻlishi, har bir taqdimot oʻz ichiga aniq hisob-kitoblarni olgani va manfaatli ekanini qayd etdi.
Muhokama, munozara hamda oʻziga xos tortishuvlar ham boʻlib oʻtdi. Bu ijobiy maʼnodagi fikr almashish boʻlib, soha taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ishni toʻgʻri tashkil qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Bu borada vazirlikning ham oʻz startegiyasi boʻlishi, organik oziq-ovqatdan tashqari, mahsulotni dalada tatib koʻrish, xaridni ham shu yerning oʻzida amalga oshirish imkonini beruvchi loyihalarni ishlab chiqishga bu kabi yigʻilishlar zamin yaratishi taʼkidlandi.