audio

    16+
    “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ tashkil etilganining 65-yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

    Bugun, 17-noyabr kuni Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilganining 65-yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiyuran” davlat korxonasi jamoalariga yo‘llagan tabriklarini Bosh vazir Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.

    Davlatimiz rahbarining kuni kecha imzolagan farmonlariga asosan ishlab chiqarish ilg‘orlaridan bir guruhi mukofotlangan edi.

    Tadbirda Prezidentimizning topshiriqlariga binoan, Bosh vazir ularning nomidan davlat mukofotlarini o‘z egalariga topshirdi.

    • view_icon 296